Tajriba-ishlab chiqarish, o'quv, o'quv-tajriba va o'quv-ishlab chiqarish xo'jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ta'lim maqsadlari, tovar qishloq xo'jaligini yuritish hamda ilg'or tajribani targ'ib qilish uchun beriladi.
Tajriba-ishlab chiqarish, o'quv, o'quv-tajriba va o'quv-ishlab chiqarish xo'jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Tajriba-ishlab chiqarish, o'quv, o'quv-tajriba va o'quv-ishlab chiqarish xo'jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga berilgan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda o'zgartirilganidan keyin yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn49¹-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, o'quv, o'quv-tajriba va o'quv-ishlab chiqarish xo'jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga yer uchastkalarini berish
(49¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga qishloq xo'jaligi uchun yer beriladi. Bu yerlar yangi o'simlik navlari sinab ko'rish, hayvonlarni o'rganish, talabalarni o'qitish va qishloq xo'jaligi sohasida ilg'or usullarni sinash uchun ishlatiladi. Ushbu muassasalar berilgan yerlarni ijaraga berish huquqiga ega emas.
Kimga tegishli
Bu huquq tajriba-ishlab chiqarish xo'jaliklariga, davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga tegishli.
Amalda
Qo'qon Qishloq Xo'jaligi Instituti yangi paxta navlarini sinab ko'rish uchun 50 gektar yer oldi. Institut bu yerda o'simliklar o'stirib, ularning hosildorligini o'rganadi va talabalarni amaliy mashg'ulot o'tkazadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.