Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:
1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;
2) zona sharoiti va xo'jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;
3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini ta'minlashlari;
4) meliorativ jihatdan nobop sug'oriladigan yerlarni kompleks rekonstruktsiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari;
5) xo'jalikning butun ichki sug'orish va kollektor-drenaj tarmog'ini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
6) qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini sug'oriladigan yerlarning sho'r bosishi va zaxlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yo'l qo'ymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari;
7) qishloq xo'jalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sug'orishning ilg'or usullarini joriy etishlari;
8) yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko'rishlari shart.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
48-modda. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari
(48-модданинг 8-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.