Yer kodeksi

45-modda. Alohida qimmatga ega bo'lgan unumdor sug'oriladigan yerlar

(45-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 августдаги ЎРҚ-708-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.08.2021 й., 03/21/708/0799-сон)

Tuproq unumdorligiga ko'ra o'rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko'p bo'lgan sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlari alohida qimmatga ega bo'lgan unumdor sug'oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Alohida qimmatga ega bo'lgan unumdor sug'oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug'orilmaydigan yerlar jumlasiga o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.