Yer kodeksi

32-modda. Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini joyning o'zida belgilash

(32-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Yer uchastkasining plani — yer uchastkasining topografik plani bo'lib, qabul qilingan belgilarga muvofiq unda muayyan yer uchastkasining chegaralarida vaqt jihatidan eng so'nggi yer tuzilishi loyihasiga muvofiq so'nggi bor suratga olingan paytdagi butun vaziyat va relyef ko'rsatiladi. Yer uchastkasining chegaralarini joyning o'zida va xaritalarda dastlabki tarzda belgilash ajratib berish uchun yer uchastkasi tanlangan vaqtda uni berish to'g'risida qaror qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi. Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning o'zida uning chegaralarini belgilash ishlari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo'linmalari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Yer uchastkasining tasdiqlangan plani yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning ajralmas qismi bo'lib qoladi. Yer uchastkalari planlarining asli kadastr ishiga doir hujjatlar orasida saqlanadi, nusxalari esa yer uchastkasi oluvchiga beriladi. Yer uchastkasining plani va tavsifini tayyorlash, marza belgilarini o'rnatish, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, yer uchastkasi oluvchining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.