Jamoat ehtiyojlari uchun o'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) quyidagi maqsadlar uchun belgilanishi mumkin:
ushbu Kodeksning 25-moddasiga muvofiq o'zganing yer uchastkasida geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshirish;
o'zganing yer uchastkasidan umumiy foydalanishdagi elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari va boshqa liniyalar, truboprovodlar, ichki sug'orish tarmoqlari, muhandislik tarmoqlari hamda boshqa tarmoqlar o'tkazish va ulardan foydalanish.
Ommaviy servitut manfaatdor tashkilotlarning murojaatlari asosida viloyat va Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa maqsadlarda, shuningdek, davlat mulki bo'lmagan bino, inshoot va ko'p yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkalariga ommaviy servitut belgilash taqiqlanadi.
Ommaviy servitut belgilash to'g'risidagi qaror yer fondi toifasidan kelib chiqqan holda quyidagi tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak:
sug'oriladigan yerlarda — O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va Suv xo'jaligi vazirligi bilan;
o'rmon fondi yerlarida — o'rmon xo'jaligi sohasidagi vakolatli davlat organi bilan;
tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda — tegishli sohalardagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan.
Ommaviy servitut belgilash haqidagi qarorda servitut to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilishi lozim bo'lgan barcha shartlar ko'rsatilishi kerak. Bunda ommaviy servitut shartlari taraflarning kelishuviga ko'ra yoki ulardan birining talabiga ko'ra sud tartibida o'zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Ommaviy servitut belgilash to'g'risidagi qaror servitut belgilangan yer uchastkasida qurilish-montaj ishlarini boshlash, binolar va inshootlarni qayta qurish, rekonstruktsiya qilish huquqini bermaydi. Bunda ommaviy servitut maqsadlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish zarur.
Ommaviy servitut ushbu Kodeksga muvofiq, shuningdek ommaviy servitut belgilash to'g'risidagi qarorning amal qilish muddati tugaganda bekor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
30⁵-modda. Jamoat ehtiyojlari uchun o'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut)
(30⁵-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 9 октябрдаги ЎРҚ-973-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.10.2024 й., 03/24/973/0800-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.