Yer kodeksi

30¹-modda. Servitut to'g'risidagi shartnoma

(30¹-модда иккинчи қисмининг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)

Yer uchastkasiga nisbatan servitut to'g'risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi. Servitut to'g'risidagi shartnomada quyidagi shartlar ko'rsatilishi kerak: servitut belgilanishi kerak bo'lgan yer uchastkasining kadastr raqami; servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari; shartnoma taraflari to'g'risidagi ma'lumotlar; servitutning amal qilish muddati; servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud bo'lganda); shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi; belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.