Yer kodeksi

24³-modda. Yer uchastkasini unga bo'lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqini saqlab qolgan holda vaqtincha foydalanishga berish

(24³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 августдаги ЎРҚ-708-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.08.2021 й., 03/21/708/0799-сон)

Dehqon xo'jaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalari o'ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xo'jaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga bo'lgan huquqi saqlanib qoladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.