Yer to'g'risidagi qonunchilik quyidagi asosiy printsiplarga asoslanadi:
eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;
yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta'minlash;
qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan yerlarning, eng avvalo sug'oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta'minlash;
qishloq xo'jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo'li bilan va boshqa tarzda qo'llab-quvvatlash;
yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash;
yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta'minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;
yerdan foydalanganlik uchun haq to'lash;
yerlarning holati haqidagi axborotning to'liq bo'lishini hamda undan erkin foydalanishga yo'l qo'yilishini ta'minlash.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
2-modda. Yer to'g'risidagi qonunchilikning asosiy printsiplari
(2-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.