«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

8-modda. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

(8-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ichki ishlar organlari: xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko'radi, xotin-qizlarga tazyiq o'tkazayotgan va ularga nisbatan zo'ravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi to'g'risidagi murojaatlarni ko'rib chiqadi; tazyiq yoki zo'ravonlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi; himoya orderini beradi; zo'ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o'z vakolatlari doirasida choralar ko'radi; xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.