«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari

Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish; xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilinishini ta'minlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo'yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko'rish; tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini ta'minlash.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.