«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

15-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo'yishning umumiy chora-tadbirlari

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo'yishning umumiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; tazyiq va zo'ravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari bo'lgan omillarni tahlil qilish, o'rganish va baholash; aholi o'rtasida huquqiy targ'ibot olib borish; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish; fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni o'z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to'g'risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan ta'minlash maqsadida axborot-ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish; tazyiq va zo'ravonlik sodir etish xavfi bo'lgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish; tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatishga va ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga nisbatan ta'sir ko'rsatish choralarini qo'llash; aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.