Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko'maklashishi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma'naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
13-modda. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi
(13-модда биринчи қисмининг тўртинчи ва бешинчи хатбошилари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.