«Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

4-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirish

(4-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mulkdor o'ziga qarashli mol-mulkka o'z xohishiga ko'ra hamda o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o'z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U o'z mol-mulkidan xo'jalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak. Barcha mulkdorlarga o'z huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar ta'minlanadi. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan mutlaq huquqlarning egalari va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.