Diniy tashkilotni tugatish qonunchilikka va diniy tashkilotning ustaviga asosan amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotni tugatish diniy tashkilotning vakolatli rahbar organi qaroriga binoan ixtiyoriy ravishda yoki ushbu Qonun 26-moddasining uchinchi qismiga muvofiq sud tartibida amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotni tugatish to'g'risida qaror qabul qilgan diniy tashkilotning rahbar organi yoki sud tugatuvchini — tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaxsni tayinlaydi, diniy tashkilotni tugatish muddatini belgilaydi.
Tugatish komissiyasi tarkibiga, qoida tariqasida, tegishli yuridik, iqtisodiy ma'lumotga ega va (yoki) buxgalteriya sohasida amaliy tajribaga ega bo'lgan shaxslar kiritiladi.
Diniy tashkilotning rahbar organi tomonidan diniy tashkilotni tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi haqidagi ma'lumotlar ro'yxatdan o'tkazuvchi organga diniy tashkilotni tugatish to'g'risida rahbar organ qabul qilgan qarorning elektron ko'chirma nusxasi ilova qilingan holda uch ish kuni ichida elektron tizim orqali taqdim etiladi.
Diniy tashkilot sud tomonidan tugatilgan taqdirda, tugatuvchi sudning qarorini elektron tizim orqali olganidan keyin qarorning elektron ko'chirma nusxasini ro'yxatdan o'tkazuvchi organga uch ish kuni ichida taqdim etadi.
Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tugatuvchi to'g'risidagi ma'lumotlarni va diniy tashkilotni tugatish haqidagi rahbar organning qarorini olganidan keyin ikki ish kuni ichida reyestrga diniy tashkilotning tugatish jarayonida ekanligi to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritadi hamda bu haqda diniy tashkilot davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joydagi soliq organlarini va statistika organlarini, ko'chmas mulkka va avtotransportga bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi organlarni, shuningdek sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishni ta'minlash bo'yicha organlarni elektron tizim orqali xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
27-modda. Diniy tashkilotni tugatish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.