Elektron murojaatni yuboruvchi elektron so'rovni shakllantirishni yakunlab, elektron tizim tomonidan avtomatik tarzda belgilanadigan davlat boji to'lovini amalga oshiradi.
Davlat boji to'langanidan keyin diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi murojaat ko'rib chiqish bosqichiga o'tadi.
Agar murojaatda to'g'rilash mumkin bo'lgan xatolar mavjud bo'lsa yoki ushbu Qonunda talab qilinadigan yoxud elektron murojaatni yuboruvchi havola qilayotgan hujjatlar mavjud bo'lmasa, ro'yxatdan o'tkazuvchi organ unga besh ish kuni ichida xatolarni tuzatish va yetishmayotgan hujjatlarni yuborish uchun imkon beradi. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ elektron murojaatni yuboruvchining iltimosnomasiga ko'ra bu muddatni besh ish kunidan kam bo'lmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun yuborilgan hujjatlarning ishonchliligini va ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
20-modda. Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi murojaatni ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.