Qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish yoki o'zgartirish shaklida qayta tashkil etish yo'li bilan tashkil etilgan diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi elektron murojaatga ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarning elektron ko'chirma nusxalari ilova qilinadi:
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotga ma'lum bo'lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligi va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqidagi xabar e'lon qilinganligi tasdiqnomasining;
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan ushbu tashkilotning barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar bo'yicha huquqiy vorislik to'g'risidagi qoidalarni o'z ichiga olgan topshirish dalolatnomasining (qo'shib yuborish va o'zgartirish chog'ida) yoki taqsimlash balansining (bo'lish va ajratib chiqarish chog'ida);
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning muhri va shtampi yo'q qilinganligi haqidagi dalolatnomaning.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
18-modda. Qayta tashkil etish yo'li bilan tashkil etilgan diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.