«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

8-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari

(8-модда биринчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: vasiylik va homiylik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi; vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi; davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; vasiylik va homiylikni belgilash, shuningdek vasiy va homiy tayinlash tartibini belgilaydi; vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligini hamda mol-mulkini hisobga olishning elektron axborot tizimini (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) tashkil etish va yuritish tartibini hamda unga kiritiladigan ma'lumotlar ro'yxatini belgilaydi; vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig'majildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan o'z majburiyatlarini bajarishi to'g'risida hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.