«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

33-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari

(33-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar quyidagi huquqlarga ega: o'zlariga nisbatan hurmat bilan va insoniy munosabatda bo'linishi; o'zlarining ta'minoti, tarbiyasi, ta'lim olishi va sog'lig'i haqida g'amxo'rlik qilinishi; o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi; o'z huquqlari va o'zlariga ko'rsatilishi mumkin bo'lgan xizmatlar to'g'risida, shuningdek o'z huquqlarini himoya qilish usullari hamda vositalari haqida vasiylik va homiylik organlaridan axborot olish; ta'lim olishga, sog'liqni saqlashga, ijtimoiy muhofaza qilinishga bo'lgan huquqlarini, shuningdek o'zlarining jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan uyg'un rivojlanishiga yordam beradigan boshqa huquqlarni amalga oshirish uchun zarur yordam olish hamda qo'llab-quvvatlanish; agar bu vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid bo'lmasa, ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda bo'lish; o'z shaxsiy hayotiga taalluqli axborotning maxfiyligi ta'minlanishi; turar joyga bo'lgan mulk huquqi yoki turar joydan foydalanish huquqi, shuningdek ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qarindoshlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlari ta'minlanishi; vasiyning yoki homiyning g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan vasiylik va homiylik organiga, shuningdek sudga murojaat qilish. Voyaga yetmagan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiy yoki homiy bilan birga yashash huquqiga ega. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.