«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

24-modda. Shaxsga bir nechta vasiy yoki homiy tayinlash

Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxsning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin. Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir vaqtning o'zida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan bo'lishi lozim. Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning parvarish qilinishini ta'minlash va uning tibbiy yordamni o'z vaqtida olishiga ko'maklashishga doir majburiyatlar, vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa, shuningdek ta'minot, tarbiya va ta'lim berishga doir majburiyatlar vasiylik va homiylik organlarining ularni tayinlash haqidagi xulosasiga muvofiq vasiylar yoki homiylar o'rtasida taqsimlanadi. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning va bir vaqtning o'zida barcha vasiylarning yoki homiylarning manfaatlari o'rtasida, shuningdek vasiylar yoki homiylar o'z majburiyatlarini bajarayotganda vasiylar yoki homiylar o'rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Bir shaxs uchun bir vaqtda bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin. Bu odatda bolaning yoki beqaror shaxsning murakkab ehtiyojlari bo'lganda qo'llaniladi. Masalan, bitta vasiy moliyaviy ishlarni, ikkinchisi ta'lim va sog'lik bilan shug'ullanadi. Kimga tegishli Bu qoida voyaga yetmagan bolalar, beqaror va noqobiliyatli shaxslarni himoya qilish uchun qo'llaniladi. Amalda Ota-onasini yo'qotgan Sardor nomli bolaning parvarishi uchun bitta vasiy ta'lim va tibbiy yordamni, ikkinchisi esa moliyaviy masalalarni boshqaradi. Agar ular o'rtasida kelishmovchilik bo'lsa, vasiylik organi hal etguniga qadar ikkalasi ham o'z majburiyatlarini bajarishi kerak.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.