«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

20-modda. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo'lmaganda vasiylik yoki homiylik belgilash

(20-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)

Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq o'z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko'rishi shart. Ota-ona uch oydan ortiq bo'lmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o'z bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shart. Bu holda vasiylik yoki homiylik agar bolaning eng ustun manfaatlari uchun zarur bo'lsa, belgilanadi. Ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin o'z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash to'g'risidagi arizani o'zi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.