Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari o'z vakolatlari doirasida:
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarni, shuningdek sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylikka muhtoj bo'lgan shaxslarni aniqlaydi hamda ularning hisobini yuritadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylikka muhtoj bo'lgan shaxslar haqidagi ma'lumotlarning axborot bazasini yuritadi, ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, shuningdek sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylikka muhtoj bo'lgan shaxslar to'g'risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma'lumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun tuman, shahar hokimligiga taqdim etadi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;
vasiy yoki homiy bo'lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo'yiladigan talablarga mos bo'lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarga, shuningdek sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylikka muhtoj bo'lgan shaxslarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur bo'lgan hujjatlarni tayyorlaydi;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning, sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylikka muhtoj bo'lgan shaxslarning turmush va ta'minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy bo'lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o'tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;
vasiy yoki homiy bo'lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to'g'risida tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig'majildlarini yuritadi;
vasiylar va homiylarning o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni parvarish qilishni, tarbiyalashni va ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam ko'rsatadi;
vasiylikni yoki homiylikni tugatish to'g'risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, mazkur masalalarga doir ishlarni sud majlislarida ko'rib chiqishda ishtirok etadi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta'lim muassasalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha hamkorlik qiladi;
fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari bo'yicha maslahatlar beradi;
fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini ko'rib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar ko'radi.
Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
13-modda. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
(13-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.