Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z vakolatlari doirasida:
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
axborot tizimini yuritadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni va ularning oilalarini qo'llab-quvvatlash masalalarini hal etadi;
ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga g'amxo'rlik qilayotgan shaxslarni rag'batlantirish mexanizmlarini yaratadi va takomillashtiradi;
oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qiladi;
yetim bolalarga va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun nazarda tutilgan mablag'larning taqsimlanishi hamda ularning o'z egalariga berilishi ustidan nazorat o'rnatadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish bo'yicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to'g'risida qarorlar qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
(10-модда биринчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонунига асосан еттинчи — ўнинчи хатбошилар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.