Fuqarolarning doimiy yashashiga mo'ljallangan, belgilangan sanitariya, yong'inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg'iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo'ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi.
Turar joy ko'chmas mulk hisoblanadi.
Ko'p kvartirali uylardagi turar joylarni sanoat ehtiyojlari uchun ishlatish, ijara yoki arendaga berish man etiladi. Ko'p kvartirali uydagi turar joyga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni ushbu joy yashash uchun mo'ljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda o'tkazilganidan keyingina joylashtirish mumkin.
Belgilangan tartibda kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun mo'ljallanmagan joylar toifasiga o'tkazish talab etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
9-modda. Turar joy, undan foydalanish maqsadi
(9-модда Ўзбекистон Республикасининг 2006 йил 21 июндаги ЎРҚ-36-сонли Қонуни асосида тўртинчи қисм билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2006 й., 25-26-сон, 225-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.