Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:
fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini ta'minlashda ko'maklashadi;
kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar ko'rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
kam ta'minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko'rgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to'g'risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
6-modda. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki
(6-модданинг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.