Uy-joy kodeksi

43-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan uylardagi, shuningdek ulushli ishtirok etish tartibida qurilgan uylardagi turar joyga ko'chib kirish

(43-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo'shayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag'lariga qurilgan uylarda bo'shayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan xodimlariga ko'chib kirish uchun beriladi. Bunday ko'chib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qat'i nazar, qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.