Uy-joy kodeksi

35-modda. Davlat uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi

(35-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Davlat uy-joy fondining (bundan buyon matnda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi deb yuritiladi) uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf – turar joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi) boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga turar joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilab qo'yiladi. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Shartnomada ana shunday ko'rsatmalar bo'lmagan taqdirda, bunday shaxslarni ko'chirib kiritish fuqarolik qonunchiligida va ushbu Kodeksning 51-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondining va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi doimiy yashash uchun yaroqli bo'lgan alohida turar joy (uy, kvartira) turar joyni ijaraga berish shartnomasi ob'yekti bo'ladi. Xonaning bir qismi yoki bitta umumiy kirish joyi orqali boshqa xona bilan bog'langan xona (tutash xonalar), shuningdek yordamchi xonalar (oshxona, yo'lak, hujra va shu kabilar) ijara shartnomasining mustaqil ob'yekti bo'la olmaydi. Ko'p kvartirali uydagi turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda shu uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan (uyning umumiy joylari, tayanch va to'siq konstruktsiyalar, kvartiralar oralig'idagi ihotalangan (o'ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto'lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko'rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasi, shuningdek ko'p kvartirali uydagi ko'chmas mulkning yagona majmuiga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan boshqa ob'yektlardan) belgilangan tartibda foydalanish huquqiga egadir. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o'rtasida yozma shaklda, qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda bo'lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi. Ijara shartnomasi bo'yicha egallab turilgan turar joyga bo'lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o'tishi shartnomaning o'zgarishiga yoki bekor bo'lishiga olib kelmaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi bo'lib qoladi. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to'g'risidagi nizomlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.