Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan uydan, kvartiradan turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi o'zi ijaraga, arendaga olgan xonaga uy, kvartira mulkdorining roziligidan qat'i nazar, voyaga yetmagan farzandlarini, agar u alohida xonani egallayotgan bo'lsa va ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, shuningdek eri (xotini) va mehnatga qobiliyatsiz voyaga yetgan farzandlari hamda ota-onasini ko'chirib kiritish huquqiga ega. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan uy, kvartiradagi turar joyni ijaraga, arendaga oluvchi bilan birga yashayotgan oila a'zolari ijaraga yoki arendaga berish shartnomasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga ijaraga, arendaga oluvchining o'zi bilan teng ravishda ega bo'ladilar.
Boshqa fuqarolarni faqat uy mulkdorining roziligi bilan ko'chirib kiritish mumkin va ijaraga, arendaga oluvchi tomonidan o'z oila a'zosi sifatida ko'chirib kiritilgan ushbu fuqarolar, agar ko'chirib kiritishda ular o'rtasida boshqacha kelishuv bo'lmagan bo'lsa, ijaraga, arendaga oluvchi hamda uning boshqa oila a'zolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqqa ega bo'ladilar.
Ijaraga, arendaga oluvchi ijaraga, arendaga beruvchining (mulkdorning) roziligi bilan egallab turgan turar joyini almashtirishga haqlidir. Ijaraga beruvchi — fuqaroning rad javobi ustidan nizolashib bo'lmaydi. Ijaraga beruvchi — yuridik shaxsning rad javobi ustidan sud tartibida nizolashish mumkin.
Turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasini bekor qilish ushbu Kodeksning 69 va 93-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
33-modda. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan turar joyni ijaraga, arendaga berish shartnomasi bo'yicha ijaraga, arendaga oluvchining huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.