Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo'lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning tanlovi bo'yicha yangi joyda teng qimmatli uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda ko'chirib tashlanayotgan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qo'yilayotgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo'lgan taqdirda berilayotgan va olib qo'yilayotgan yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning bozor qiymatlari o'rtasidagi farq pul bilan to'liq hajmda qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
31-modda. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo'lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etish
(31-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 20 августдаги ЎРҚ-391-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 33-сон, 439-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.