Uy-joy kodeksi

3-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

(3-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi; uy-joy xo'jaligi va kommunal xizmat ko'rsatish bo'yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari bo'yicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq to'lash tizimini tartibga soladi; kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.