Uy-joy kodeksi

24-modda. Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari

(24-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Uy, kvartira mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat ko'rsatish hamda ularni ta'mirlash usulini tanlash huquqiga egadir. Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta'minlashi, ularni o'z hisobidan joriy va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirishi shart. Ko'p kvartirali uydagi kvartira mulkdori o'ziga qarashli joyga ko'p kvartirali uyga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-ta'mirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini ta'minlashi shart. Ko'p kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-ta'mirlash xizmatlari vakillari o'ziga qarashli joyga kirishlarini darhol ta'minlashi shart. Kvartira mulkdori yo'qligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-ta'mirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Ko'p kvartirali uydagi kvartira mulkdori tegishli ruxsatnoma olmasdan o'ziga qarashli joyni o'zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o'zgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi hamda bu joyni o'z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.