Uy-joy kodeksi

2-modda. Uy-joy to'g'risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar

(2-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Uy-joy to'g'risidagi qonunchilik fuqarolar, yuridik shaxslar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi masalalar bo'yicha munosabatlarini tartibga soladi: turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, o'zgarishi hamda bekor bo'lishi; uy-joy fondini hisobga olish; uy-joy fondini saqlash, qarash va ta'mirlashni ta'minlash; fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish. Uylarni qurish, turar joylarni qayta qurish va o'zgartirish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish, kommunal xizmatlar bilan ta'minlash bilan bog'liq munosabatlar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Agar qonunda yoki O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, uy-joy to'g'risidagi qonunchilikning qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.