Uy-joy kodeksi

139-modda. Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash shartnomalari

(139-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 14 ноябрдаги ЎРҚ-584-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.11.2019 й., 03/19/584/4025-сон — 2020 йил 1 августдан кучга киради)

Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash shartnomalari yozma shaklda tuziladi. Boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan bo'lsa, ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir. Uy-joy fondini boshqarish shartnomasining majburiy shartlari quyidagilardan iborat: boshqaruv amalga oshiriladigan ko'p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki tarkibi hamda uyning manzili; ko'p kvartirali uydagi joylar mulqdorlarining umumiy mol-mulkini, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasi saqlanishini ta'minlash bo'yicha boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari; boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq to'lash tartibi va miqdori; ko'p kvartirali uyning texnik hujjatlarini topshirish shartlari; shartnoma bo'yicha majburiyatlarning boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi. Uy-joy fondini boshqarish shartnomasi shartlari ko'p kvartirali uydagi joylarning barcha mulkdorlari uchun bir xil belgilanadi. Agar uy-joy fondini boshqarish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot ko'p kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga har yili uy-joy fondini boshqarish shartnomasining o'tgan yilgi bajarilishi to'g'risida joriy yilning birinchi choragi ichida hisobot taqdim etadi. Uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organ, shirkat, boshqaruvchi yoxud boshqaruvchi tashkilot uy-joy fondiga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash uchun tegishli xizmat ko'rsatuvchi va ta'mirlovchi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar ko'rsatishga) doir shartnomalar tuzishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.