Uy-joy kodeksi

127-modda. Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo'lgan mulk huquqini amalga oshirish

Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasiga egalik qilish hamda ulardan foydalanish turar joylarning va yashash uchun mo'ljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga ko'ra amalga oshiriladi, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa mulkdorlardan istalgan birining da'vosi bo'yicha sud tomonidan belgilanadi. Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni tasarruf etish turar joylarning va yashash uchun mo'ljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga ko'ra amalga oshiriladi. Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlari ko'p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining ko'pchiligi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan boshqa shaxslarga foydalanishga, arendaga berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.