Uy-joy kodeksi

125-modda. Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo'lgan mulk huquqidagi ulushlarni aniqlash

Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk har bir ishtirokchisining ulushi shu uyning umumiy maydonidagi unga qarashli joy maydoni ulushiga mos bo'ladi. Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi o'z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni o'ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo'ljallanmagan joyga bo'lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o'tishiga sabab bo'luvchi o'zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas. Turar joyga yoki yashash uchun mo'ljallanmagan joyga bo'lgan mulk huquqi ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo'lgan ulushli mulk huquqidan ajralmasdir. Ko'p kvartirali uydagi turar joyga yoki yashash uchun mo'ljallanmagan joyga bo'lgan mulk huquqi yangi mulkdorga o'tganda u shu uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.