Davlat muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga o'tganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning operativ boshqaruvida bo'lgan uy-joy fondi ushbu muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan bo'lsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga o'tkazilishi kerak. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi bo'lib qoladi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
12-modda. Mulkchilik, egalik qilish munosabatlarining o'zgarishi
(12-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.