Turar joylarni almashtirish sud tomonidan quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
agar u ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda amalga oshirilgan bo'lsa;
bitimni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra.
Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi talab almashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qo'yilishi mumkin.
Turar joylarni almashtirish haqiqiy emas deb topilgan taqdirda taraflar ilgari egallab kelgan turar joylariga ko'chib o'tishlari kerak.
Turar joylarni almashtirish taraflardan birining g'ayriqonuniy xatti-harakati oqibatida haqiqiy emas deb topilgan hollarda aybdor taraf almashtirish tufayli yetkazilgan zararni boshqa tarafga qoplashi shart.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
114-modda. Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.