Uy-joy kodeksi

11-modda. Turar joyga bo'lgan mulk huquqi

(11-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 августдаги ЎРҚ-950-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.08.2024 й., 03/24/950/0672-сон)

Turar joy xususiy yoki davlat mulki bo'lishi va qonunchilikda belgilangan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga o'tishi mumkin. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat turar joyga bo'lgan mulk huquqining sub'yektlaridir. Turar joyga bo'lgan mulk huquqi muddatsiz bo'lib, fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning o'ziga tegishli turar joyga o'z xohishi va manfaatlariga ko'ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o'zining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning tashqi ko'rinishini o'zgartirish, ularni qayta qurish yoki buzish shaharsozlik to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Uylar, kvartiralar, uyning bir qismi, kvartiraning bir qismiga (bundan buyon matnda uylar, kvartiralar deb yuritiladi) bo'lgan xususiy mulk miqdor, o'lcham va qiymat jihatdan cheklanmaydi. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko'rgan zararlarning o'rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'minlanadi. Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qo'yilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.