Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a'zosi umumiy yig'ilish qarori bo'yicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin:
haqiqatga to'g'ri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos bo'lgan bo'lsa;
turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi ob'yektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan o'z maqsadi bo'yicha foydalanmayotgan bo'lsa.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ a'zoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan a'zo turar joydan ko'chirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zoligidan chiqarish
(104-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.