Uy-joy kodeksi

100-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosining huquq va majburiyatlari

(100-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi kooperativ ustavida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarga va majburiyatlarga egadir. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori bo'lmagan a'zosi o'zi bilan birga yashovchi, pay jamg'armasiga bo'lgan huquqi tan olingan oila a'zolarining, shu jumladan vaqtincha bo'lmaganlarining yozma roziligi bilan egallab turgan turar joyini uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining turar joy mulkdori bo'lgan boshqa a'zosi bilan almashtirishga haqlidir, bunda turar joyni almashtirayotgan shaxs kooperativ a'zoligiga qabul qilingan bo'lishi va u kredit hamda foizlarning tegishli qismini to'lash xususidagi kooperativ ustavining talablarini bajarishi kerak. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a'zosi qonunchilikka muvofiq turar joyni ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.