O'zbekiston Respublikasi hududida turistlar va ekskursantlarning xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Vakolatli davlat organi manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligini va himoya qilinishini, jamiyat va davlat manfaatlarini, turizmdan shaxslarning qonunga xilof migratsiyasi, ularning mehnatini ekspluatatsiya qilish hamda ularni boshqacha tarzda ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanishga qarshi kurashishni ta'minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Xavfsizlikni ta'minlash chora-tadbirlari turistlar va ekskursantlarning shaxsiy xavfsizligi, ularning mol-mulki but saqlanishi, atrof tabiiy muhitga, jamiyatning moddiy hamda ma'naviy qadriyatlariga, davlat xavfsizligiga zarar yetkazilishining oldini olish ta'minlanishini nazarda tutadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari barcha turistik yo'nalishlar bo'yicha turistlar va ekskursantlarning himoya qilinishini va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha hududiy dasturlar ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi.
Turizm sohasi sub'yektlari turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini ta'minlash, tabiiy ofatlar chog'ida, ular jarohatlanganda, kasallikka chalinganda hamda boshqa hollarda tibbiy va o'zga tarzda yordam ko'rsatish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Vakolatli davlat organi turoperatorlarni, turagentlarni, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha bo'lish mamlakatidagi (joyidagi) turistlar hamda ekskursantlarning xavfsizligiga nisbatan tahdid to'g'risida xabardor qiladi, shuningdek xavfsizlikka nisbatan tahdid mavjud bo'lganligi sababli borib ko'rish uchun tavsiya etilmaydigan mamlakatlar (joylar) ro'yxatini ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan o'zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Muassislari (hammuassislari) davlat organlari bo'lgan ommaviy axborot vositalari vakolatli davlat organiga turistlar va ekskursantlarning xavfsizligiga nisbatan tahdid haqidagi axborotni e'lon qilish imkoniyatini darhol va bepul taqdim etadi.
Turistlar va ekskursantlar yuqumli kasalliklarning yuqori darajadagi xavfiga uchrashi mumkin bo'lgan vaqtincha bo'lish mamlakatiga (joyiga) sayohatni amalga oshirish boshlanguniga qadar xalqaro tibbiy talablarga muvofiq profilaktikadan o'tishi shart.
Turistlar va ekskursantlar guruhlarini kuzatib boruvchi shaxslar birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun dasturiy asosda minimal tibbiy tayyorgarlikka, tibbiy buyumlarga hamda dori qutichasiga ega bo'lishi shart.
lex.uz’dagi asl matn35-modda. Turistlar va ekskursantlarning xavfsizligi kafolatlari
(35-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.