«Turizm to'g'risida»gi qonun

28-modda. Turistik xizmat ko'rsatish shartlari to'g'risidagi axborotni taqdim etish

Turoperatorlar va turagentlar turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasini tuzish chog'ida turistga va ekskursantga quyidagi axborotni taqdim etishi shart: kirish va chiqish hujjatlarini (vaqtincha bo'lish mamlakatiga (joyiga) kirish va undan chiqish uchun vizani) rasmiylashtirishga nisbatan qo'yiladigan asosiy talablar to'g'risidagi; rioya etilishi turni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tibbiy rasmiyatchiliklar, shu jumladan turistning va ekskursantning ularda muayyan kasalliklar, jismoniy holatining va yoshining o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lgan taqdirda, turda ishtirok etishiga qarshi ko'rsatmalar to'g'risidagi; bojxona, chegara qoidalari va boshqa qoidalar (sayohatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hajmda) to'g'risidagi; vaqtincha bo'lish mamlakatida (joyida) turistning (ekskursantning) hayoti xavfsizligiga va sog'lig'iga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda yoki boshqa holatlarda, shuningdek turistning (ekskursantning) mol-mulkiga zarar yetishi xavfi yuzaga kelgan hollarda, turist (ekskursant) murojaat qilishi mumkin bo'lgan, vaqtincha bo'lish mamlakatidagi (joyidagi) mavjud mahalliy davlat hokimiyati organlarining, O'zbekiston Respublikasi diplomatik va konsullik muassasalarining joylashgan yeri (pochta manzillari) va aloqa bog'lash uchun telefon raqamlari to'g'risidagi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.