«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

94-modda. Qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni to'lash jadvaliga muvofiq bajarishni ta'minlash

Qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni to'lash jadvaliga muvofiq bajarish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ta'minlanishi mumkin. Qarzdorning qarzni to'lash jadvalini bajarish bo'yicha majburiyatlari sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sud ajrim chiqargan paytdan e'tiboran ta'minlangan deb hisoblanadi. Majburiyatlarni bajarish ta'minoti berilganligi to'g'risidagi bitim, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, yozma shaklda tuziladi. Kreditorlar tarafidan mazkur bitimni kreditorlar yig'ilishining yoki kreditorlar qo'mitasining vakili, sudning tashabbusi bilan sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan taqdirda esa sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, boshqa tarafdan — qarzdorning majburiyatlarni qarzni to'lash jadvaliga muvofiq bajarishi ta'minotini bergan shaxslar (bundan buyon matnda majburiyatlarni bajarish ta'minotini bergan shaxslar deb yuritiladi) imzolaydi. Majburiyatlarni bajarishning berilgan ta'minoti miqdori qarzdor majburiyatlarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi masala yuzasidan kreditorlarning yig'ilishi o'tkazilishi oldidan oxirgi hisobot sanasidagi holatga ko'ra balansda aks ettirilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablar asosida tuzilgan qarzni to'lash jadvalidagi miqdoridan kamida yigirma foiz ortiq bo'lishi kerak. Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo'lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni to'lash jadvalini bajarish ta'minotining predmeti bo'lishi mumkin emas. Qarzni to'lash jadvaliga o'zgartishlar kiritilganligi, shuningdek qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlikning yangi tartib-taomili joriy etilganligi majburiyatlarni bajarishning berilgan ta'minotini tugatish uchun asos bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.