Qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor quyidagi hollarda qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida ariza bilan sudga murojaat etishi shart, agar:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qanoatlantirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatlarini to'liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo'yishga olib keladigan bo'lsa;
qarzdorning ta'sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to'g'risida qaror qabul qilishga vakolatli bo'lgan organ tomonidan qarzdorni tugatish to'g'risida ariza bilan sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo'lsa;
qarzdorning mol-mulkiga qaratilgan undiruv qarzdorning xo'jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo'yishi yoki boshqa kreditorlar talablari qanoatlantirilmasligiga olib kelishi mumkin bo'lsa.
Agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini to'liq hajmda qanoatlantirish imkonsizligi aniqlangan bo'lsa, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi sudga qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida ariza bilan murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e'tiboran bir oydan kechiktirmay sudga yuborilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
9-modda. Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining sudga ariza berish majburiyati
(9-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан 2025 йил 8 майдан чиқарилади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Qarzdor, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi bankrotlik ishini sudga berish majburiyatiga ega. Agar qarzdor o'z qarzlarini to'lay olmasa, soliq to'lasa olmasa yoki mol-mulkiga undiruv qilinsa, ular buni sudga xabar berishi kerak. Yuridik shaxs tugatilayotganda ham kreditorlar talablarini to'lay olmasa, tugatish komissiyasi sudga murojaat etishi shart.
**Kimga tegishli**
Bu majburiyat qarzdor, tugatish komissiyasi va tugatuvchiga tegishli.
**Amalda**
Savdo kompaniyasi qarzlarini to'lay olmadi va boshqa kreditorlarga ham pul berishi imkonsiz bo'ldi. Kompaniya rahbari yoki tugatish komissiyasi bir oydan kechiktirmay sudga bankrotlik ariza berishi kerak, aks holda qonun buziladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.