«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

80-modda. Talablarni o'zaro hal etish

Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni o'zaro hal etish orqali tugatishga, bundan ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno, faqat quyidagi hollarda yo'l qo'yiladi, agar: qarzdor va kreditorning pul majburiyatlari bo'yicha talablari to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishni boshlashdan oldin yuzaga kelgan bo'lsa; qarzdor va kreditorning pul majburiyatlari to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritish boshlanguniga qadar tuzilgan bitimlar natijasida vujudga kelgan va ushbu majburiyatlarni talab qilish davri to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan bo'lsa yoki talablarning vujudga kelish sanasi va muddati ko'rsatilmagan bo'lsa. Ushbu Qonun 150 va 185-moddalarining qoidalari o'zaro talablarni ko'rib chiqishda inobatga olinmaydi. Taraflardan biri majburiyatlarni tugatish to'g'risida ma'lum qilsa, taraflarning qarama-qarshi talablari bir-biriga mos kelgan kundan e'tiboran kuchga kirgan, ya'ni majburiyatni bajarish muddati o'tgan paytdan e'tiboran majburiyatlar, to'lash uchun ariza tushgan-tushmaganligidan yoki qabul qilingan-qilinmaganligidan qat'i nazar, tugatilgan deb hisoblanadi. Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni o'zaro hal etish orqali tugatishga quyidagi hollarda yo'l qo'yilmaydi, agar: qarzdorning to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilgandan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari bo'yicha talablari (yoki qarzdorga nisbatan shunday talablar), agar bu kreditorlarning huquqlari buzilishiga olib kelsa; qarzdorning (yoki qarzdorga) pul majburiyatlari bo'yicha talablari to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilguniga qadar insofsizlik bilan olingan bo'lsa. Agar talab qilish huquqini oluvchi shaxs qarzdorda to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganligini bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan holda ushbu talab qilish huquqi olingan bo'lsa, u insofsizlik bilan olingan deb taxmin qilinadi. Aks holda faktni isbotlash talab qilish huquqini sotib oluvchining zimmasiga yuklatiladi. Agar majburiyatdagi shaxs o'zgarganligi natijasida talablar qarama-qarshi talablarga aylangan bo'lsa, ularning yuzaga kelish vaqti bunday o'zgarish sanasidan ilgari bo'lishi mumkin emas. O'zaro hisob-kitob orqali qarama-qarshi muqobil talab qilish to'g'risidagi ariza kreditor, qarzdor yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan berilishi mumkin. Qarzdorning qarama-qarshi muqobil talabini o'zaro hal etish orqali pul majburiyatlarini tugatish to'g'risidagi nizolar ushbu Qonunning 60-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Agar o'zaro hisob-kitoblarning shartlari to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilguniga qadar olti oy ichida yuzaga kelgan bo'lsa, o'zaro hisob-kitob yuzasidan faqat kreditorlarning insofsiz harakatlari sodir etilgan taqdirda nizolashish mumkin. Agar qarzdorning talablari qiymatidan ancha past narx bo'yicha olinganligi, shuningdek shaxsning majburiyatlari oqilona pul kompensatsiyasisiz (shu jumladan qarzni o'tkazish orqali) zimmaga olinganligi oxir-oqibatda qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilishiga sabab bo'lsa, bu kreditorning insofsizligi dalili bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.