To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritish tamomlangandan keyin talablari to'liq qanoatlantirilmagan shaxslar to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasidan tashqari subsidiar javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo'lganda, sudga subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida ariza berish huquqiga ega.
Agar subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan bo'lsa, arizani ko'rib chiqishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
agar arizada qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortishdan manfaatdor bo'lgan shaxslar ko'rsatilmagan bo'lsa, sud bunday arizani harakatsiz qoldiradi va manfaatdor shaxslarni aniqlash maqsadida arizachiga to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish bilan tanishish huquqini beradi;
ariza, talab qiluvchi shaxslarning sonidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslari qoidalariga muvofiq ko'rib chiqiladi;
shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi sud hujjatida har bir kreditor foydasiga undiriladigan summa va talablarni qanoatlantirish navbati ko'rsatiladi;
qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatida sud har bir kreditorga to'lanishi lozim bo'lgan summa to'g'risidagi ma'lumotlardan tashqari har bir kreditorning talabini qanoatlantirish navbatini ko'rsatadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
76-modda. Subsidiar javobgarlik to'g'risidagi arizani to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasidan tashqari ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.