«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

71-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega bo'lgan shaxslar

Qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish jarayoni boshlangan kundan e'tiboran to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek sud boshqaruvchisi o'z tashabbusiga ko'ra yoki kreditorlar yig'ilishining yoxud kreditorlar qo'mitasining qaroriga muvofiq yoki vakolatli davlat organining ko'rsatmasiga asosan sudga subsidiar javobgarlikka tortish haqidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lganda, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini tamomlash to'g'risida sud ajrimi chiqarilgandan so'ng qarzdorning xodimlari yoki sobiq xodimlari mol-mulk yetarli emasligi sababli qoplanmay qolgan qarzdorlik masalasi bo'yicha subsidiar javobgar bo'ladigan shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida sudga murojaat etishga haqli. Ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risida ariza berish huquqiga ega bo'lgan shaxs, subsidiar javobgarlikka tortish uchun tegishli asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan kundan e'tiboran uch yil ichida, biroq qarzdorni tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida sud ajrimi chiqarilgandan so'ng uch yildan kechiktirmay sudga subsidiar javobgarlikka tortish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.