«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: bankrot — sudning qaroriga asosan to'lovga qobiliyatsiz deb topilgan va o'ziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo'llaniladigan qarzdor; bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega bo'lgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega bo'lmagan kreditorlar guruhi; kelishuv bitimi — taraflarning o'zaro yon berish asosida to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish bo'yicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi; kreditorlar — qarzdor pul majburiyatlari bo'yicha va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish yuzasidan qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida javobgar bo'lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar, bundan qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sog'lig'iga zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo'lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o'z ishtirokida kelib chiqadigan majburiyatlar bo'yicha qarzdor yuridik shaxsning muassasalari (ishtirokchilari) mustasno; kreditorlar yig'ilishining yoki kreditorlar qo'mitasining vakili — to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig'ilishi yoki kreditorlar qo'mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs; kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta'minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o'tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig'ilishini o'tkazish uchun qarzdorni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi ariza qabul qilingan kundan e'tiboran keyingi to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qo'llaniladigan tartib-taomil; mol-mulkni sotish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish uchun to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida qo'llaniladigan tartib-taomil; moratoriy — qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha majburiyatlar bajarilishini to'xtatib turish; pul majburiyati — qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo'yicha, shuningdek boshqa asoslarga ko'ra kreditorga muayyan pul summasini to'lash majburiyati; soliqlar va yig'imlar — O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va (yoki) davlat maqsadli jamg'armalariga to'lanadigan majburiy to'lovlar; soxta to'lovga qobiliyatsizlik — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning o'z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatini to'liq hajmda bajara olmasligi to'g'risida e'lon berishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi; sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) — to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini o'tkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxs; sud sanatsiyasi tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to'lov qobiliyatini tiklash va uning kreditorlar oldidagi qarzini to'lash uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o'tkazmagan holda sud tomonidan qo'llaniladigan tartib-taomil; sudgacha sanatsiya qilish — qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egasi, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash hamda to'lovga qobiliyatsizligining oldini olish uchun ko'riladigan chora-tadbirlar; tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog'lomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o'tkazgan holda sud tomonidan qo'llaniladigan to'lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili; tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini e'lon qilish maqsadida sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo'llaniladigan tartib-taomil, bundan jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishlar mustasno; to'lovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan e'tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini to'la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatlarini to'la hajmda bajarishga qodir emasligi; to'lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili — sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo'llaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni o'z ichiga oladigan hamda qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan tartib-taomil; to'lovga qobiliyatsizlikni yashirish — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib ko'rsatilganligi yoki o'zining to'lovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar yetkazish; qarzdor — kreditorlarning pul majburiyatlari yuzasidan talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lmagan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar; qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki uning mol-mulki egasining vakili — to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish jarayonida muassislar (ishtirokchilar) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakolat berilgan shaxs; qarzdor xodimlarining vakili — to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili o'tkazilayotganda o'z manfaatlarini ifodalash uchun qarzdorning xodimlari tomonidan vakolat berilgan shaxs; qarzni tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan to'lov qobiliyatini tiklash va kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida qo'llaniladigan tartib-taomil; qasddan to'lovga qobiliyatsizlikka olib kelish — yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiradigan shaxs, muassis (ishtirokchi) yoxud yuridik shaxsning mulkdori, shuningdek jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko'zlab to'lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko'paytirish; qishloq xo'jaligi korxonasi — qishloq xo'jaligi kooperativi, fermer xo'jaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo'jaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi qishloq xo'jaligi mahsulotini ishlab chiqarishdan iborat bo'lgan boshqa yuridik shaxslar; shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona — xodimlari, ularning oila a'zolari ham qo'shib hisoblanganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini yoki xodimlarining soni kamida uch ming nafar kishini tashkil etadigan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini ta'minlaydigan, shuningdek strategik ahamiyatga ega bo'lgan yoki tabiiy monopoliyalar sub'yekti bo'lgan yuridik shaxs.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

BANKROTLIK QONUNINING 3-MODDASIGA QO'SHIMCHA IZOH Nimani anglatadi Bu modda bankrotlik ishlarida ishlatiladigan 30 ta asosiy atamalarni tushuntiradi. Masalan, "bankrot" — sud qaroriga asosan to'lovga qobiliyatsiz deb topilgan shaxs; "kreditor" — qarzdorga pul bergan yoki soliq talabi bo'lgan shaxs; "moratoriy" — qarzdor o'z qarzlarini to'lashni vaqtincha to'xtatib turishi. Kimga tegishli Bu tushunchalar bankrotlik ishlarida ishtirok etadigan barcha shaxslar — qarzdor, kreditorlar, sud boshqaruvchilari va boshqa tomonlar uchun qo'llaniladi. Amalda Agar kompaniya o'z qarzlarini to'la hajmda to'lay olmasa va sudga murojaat qilsa, sud "bankrotlik" jarayonini boshlaydi. Bu vaqtda "sud boshqaruvchi" tayinlanadi, "kreditorlar yig'ilishi" o'tkaziladi va "mol-mulkni sotish tartib-taomili" qo'llaniladi. Shunday qilib, barcha kreditorlar adolatli ravishda o'z pullarini qaytarib oladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.