Qarzdor jismoniy shaxs moliyaviy boshqaruvchisi talabiga ko'ra jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasining bajarilishi to'g'risida axborot taqdim etadi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini bajarish muddati tugashidan kamida bir oy oldin moliyaviy boshqaruvchi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini bajarish natijalari to'g'risida hisobot tayyorlashi shart.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini bajarish haqidagi hisobot kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko'chirma nusxalari ilova qilingan holda talablari jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga kiritilgan kreditorlarga va tegishli vakolatli organga, shuningdek sudga yuboriladi.
Agar kreditorlarning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga kiritilgan talablari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hisobot ko'rib chiqiladigan sanada qanoatlantirilmagan bo'lsa yoki hisobot mazkur moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatda taqdim etilmagan bo'lsa, moliyaviy boshqaruvchi, kreditor yoki tegishli vakolatli organ kreditorlar yig'ilishini chaqiradi.
Agar kreditorlarning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga kiritilgan talablari hisobot ko'rib chiqiladigan sanada qanoatlantirilmagan bo'lsa, kreditorlar yig'ilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi masalani ko'rib chiqadi.
Kreditorlar yig'ilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasining bajarilish muddati tugashidan kamida o'n to'rt kun oldin o'tkazilishi kerak.
Hisobot va (yoki) kreditorlar yig'ilishining jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to'g'risidagi iltimosnomasi, shuningdek kreditorlarning shikoyatlari sud majlisida ko'rib chiqiladi. Sud ko'rib chiqish natijalariga ko'ra quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
kreditorlarning rejada nazarda tutilgan talablari qanoatlantirilgan va (yoki) kreditorlarning shikoyatlari asossiz deb topilgan taqdirda, jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish haqidagi hamda jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to'g'risidagi qarorni.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
216-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini bajarish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Jismoniy shaxs (oddiy odam) qarzini qayta tuzish rejasini bajarish jarayoni. Moliyaviy boshqaruvchi rejaning bajarilishi haqida hisobot tayyorlaydi va kreditorlarga yuboradi. Agar qarz to'lanmasa yoki hisobot o'z vaqtida keltirilmasa, kreditorlar yig'ilishi chaqiriladi va bankrotlik jarayoni davom ettirilishi mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu qoida jismoniy shaxsning qarzini qayta tuzish rejasini bajarish jarayonida moliyaviy boshqaruvchi, kreditorlar va sud organlariga tegishli.
**Amalda**
Odam 50 million so'm qarz olgan. Rejada 3 yil ichida to'lash belgilandi. Yil tugashida moliyaviy boshqaruvchi hisobot tayyorlaydi: qancha to'landi, qancha qoldi. Agar to'lanmasa, kreditorlar yig'ilishi o'tkaziladi va sud bankrotlik qarorini qabul qilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.