Qarzdor jismoniy shaxs qarzni tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga o'z qarzlari bo'yicha o'zgartishlar kiritish haqidagi takliflarni moliyaviy boshqaruvchiga yuborishga haqli.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi taklif moliyaviy boshqaruvchi tomonidan olingan sanadan e'tiboran o'n besh kun ichida mazkur reja unga kiritilgan o'zgartishlar bilan birga kreditorlarga va tegishli vakolatli organga yuborilishi kerak.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga kiritilgan o'zgartishlarni ma'qullash haqidagi masalani ko'rib chiqish uchun kreditorlar yig'ilishi mazkur reja unga kiritilgan o'zgartishlar bilan birga kreditorlarga va tegishli vakolatli organga yuborilgan sanadan e'tiboran bir oy ichida moliyaviy boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga kiritilgan o'zgartishlarni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra kreditorlar yig'ilishi ushbu o'zgartishlarni ma'qullash yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga kiritilgan o'zgartishlar kreditorlar yig'ilishi tomonidan ovoz berish huquqiga ega bo'lgan kreditorlar ovozlari umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan ma'qullanishi kerak.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga kiritilgan o'zgartishlar sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga kiritilgan o'zgartishlarni ko'rib chiqish natijalariga ko'ra sud quyidagi ajrimlardan birini qabul qiladi:
o'zgartishlar kreditorlar yig'ilishi tomonidan ma'qullangan taqdirda, mazkur rejaga kiritilgan o'zgartishlarni tasdiqlash haqida;
rejaga kiritilgan o'zgartishlarni tasdiqlashni rad etish to'g'risida.
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini bajarish muddati kreditorlar yig'ilishi tomonidan ma'qullangan bo'lsa, sud jismoniy shaxsning iltimosnomasiga ko'ra ushbu muddatni uzaytirishi mumkin.
Agar jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini unda ko'rsatilgan muddat ichida bajarishning imkoni bo'lmaganligi isbotlansa, sud qarzni tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini bajarish muddatini kreditorlar yig'ilishining ma'qullashisiz ko'pi bilan olti oy muddatga uzaytirishi mumkin.
Sudning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasini bajarish muddatini uzaytirish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
214-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning tashabbusi bilan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasiga o'zgartishlar kiritish va mazkur rejani bajarish muddatini uzaytirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.