Sud tomonidan jismoniy shaxsni to'lovga qobiliyatsiz deb topish to'g'risidagi arizani qanoatlantirish va jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran:
kreditorlarning pul majburiyatlari va soliqlar hamda yig'imlar bo'yicha qarziga doir talablarini qanoatlantirishga nisbatan moratoriy joriy etiladi;
kreditorlarning pul majburiyatlari, soliqlar hamda yig'imlarni to'lash to'g'risidagi talablar (bundan joriy to'lovlar mustasno), shuningdek mulk huquqini e'tirof etish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish hamda bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi, o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydigan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash to'g'risidagi talablar faqat ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin;
jismoniy shaxsning taqiq qo'yilgan mol-mulkiga nisbatan ilgari belgilangan cheklovlar olib tashlanadi, jismoniy shaxsning mol-mulkiga nisbatan taqiq qo'yish va uning mol-mulkiga nisbatan boshqa cheklovlar faqat jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish doirasida qo'llanilishi mumkin;
ijro hujjatlarini, xususan, undiruvni jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratish bo'yicha ijro hujjatlarini bajarish to'xtatib turiladi, bundan hayotga yoki sog'liqqa yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish, mazkur mol-mulkka egalik qilishga doir taqiqlarni olib tashlash, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini tan olish, alimentlarni undirish, shuningdek garovga qo'yilgan mol-mulkni undirish haqidagi ijro hujjatlari mustasno.
Sud kreditorning yoki moliyaviy boshqaruvchining iltimosnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini va jismoniy shaxs manfaatlarini ta'minlashga doir choralar ko'rishga, shu jumladan jismoniy shaxs mol-mulkining bir qismini tasarruf etishga nisbatan taqiq qo'yishga, jumladan jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish bo'yicha elektron onlayn-auktsion shaklidagi kimoshdi savdosini o'tkazishga nisbatan taqiq qo'yishga haqli.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilining joriy etilishi jismoniy shaxs tomonidan muayyan kreditorning talabi pul shaklida bajarilishini nazarda tutgan shartnomani bajarishni bir tomonlama rad etish uchun asos bo'ladi. Bunday shartnomalarni bir tomonlama rad etish to'g'risida jismoniy shaxsga nisbatan kreditorning talablarini belgilash jarayonida ma'lum qilinishi mumkin.
Agar kredit tashkiloti jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlari va banklardagi omonatlari bo'yicha, shu jumladan bank kartalaridagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni ushbu moddada belgilangan qoidalarni buzgan holda amalga oshirayotgan bo'lsa, kredit tashkiloti, agar u jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish joriy etilganligi haqida xabardor qilingan yoki bu haqda bilgan bo'lsa, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
205-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.